Stolingiz uchun Mukammal Moslik
Har bir taomga betakror ta'm beruvchi, tabiiy ziravorlar va aralashmalar bilan dasturxoningizni bezang.

Originallik va Tabiiylik
SOF ZIRAVORLAR brendi 2021-yilda sifatli urug‘ va ziravor mahsulotlarini ulgurji yetkazib berish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniyamiz kichik, ammo katta maqsad va aniq tamoyillar bilan ish boshlagan — mijozlarimizga ishonchli, tabiiy va original mahsulotlarni yetkazish.
Bugungi kunda SOF ZIRAVORLAR ulgurji savdo yo‘nalishida faoliyat yuritib, bozor talablariga mos, sifat nazoratidan o‘tgan mahsulotlarni taklif etadi. Biz o‘z ishimizda halollik, mas’uliyat va barqaror hamkorlikni ustuvor qadriyat sifatida ko‘ramiz.
Kompaniyamiz mikrofirmalar toifasiga kiradi, ammo biz uchun miqyos emas — sifat va ishonch muhim. Har bir mahsulotimiz mijozlarimiz talabiga mos ravishda tanlab olinadi va yetkazib beriladi.
Kompaniya tarixi
2021-yildan boshlab SOF ZIRAVORLAR qahva, choy, kakao, urug‘ va ziravorlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Faoliyatimiz davomida biz ishonchli hamkorlar bazasini shakllantirdik va bozorda o‘z o‘rnimizni mustahkamlab bordik.
Bizning asosiy maqsadimiz — O‘zbekiston bozorini sifatli va original urug‘ hamda ziravor mahsulotlari bilan ta’minlash, tadbirkorlar va savdo nuqtalari uchun qulay ulgurji narxlar yaratish.
Asoschining murojaati
«Oziq-ovqat mahsulotlari savdosi – bu katta mas’uliyat talab qiladigan soha. Mahsulot sifati nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki uni tanlash va yetkazib berishdagi vijdonda namoyon bo‘ladi. SOF ZIRAVORLAR’da biz shuni yaxshi tushunamiz: bugun biz yetkazib bergan mahsulot ertaga kimningdir dasturxonida bo‘ladi. Balki u mening farzandim yoki yaqinlarimning dasturxonidadir. Shuning uchun biz har bir mahsulotga mas’uliyat, halollik va e’tibor bilan yondashamiz. Chunki biz uchun sifat — bu ishonch demakdir.»
Bog'lanish ma'lumotlari
Biz bilan quyidagi kontaktlar orqali bog'lanishingiz yoki so'rov qoldirishingiz mumkin.
